O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizm xizmatlarini diversifikasiya qilishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
Bu haqda Farg`ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Respublika iqtisodiyotida turizmni strategik darajaga ko`tarish, ichki turizm xizmatlarini diversifikasiya qilish va hajmini keskin ko`paytirish, fuqarolarni mamlakatimizning turizm salohiyati bilan tanishtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan qarorning 15-bandi bilan:
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi PF-6165-son Farmoni bilan tasdiqlangan Transport-logistika masalalarini tezkor ko`rib chiqish bo`yicha idoralararo komissiya (A.Abduxakimov, S.Umurzakov) ikki hafta muddatda:
Farg`ona va Samarqand, Farg`ona va Buxoro, Farg`ona va Termiz hamda Farg`ona va Urganch shaharlari orasida aviaqatnovlarni qayta yo`lga qo`yish masalasi ko`rib chiqilishini;
Farg`ona – Mo`ynoq – Farg`ona yo`nalishida aviaqatnovlar tashkillashtirilishini ta`minlashi ko`zda tutilgan.






