AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda tuman hokimi xizmat mashinasi jarima maydoniga tiqildi. Ma`lum bo`lishicha...

'Qashqadaryoda tuman hokimi xizmat mashinasi jarima maydoniga tiqildi. Ma`lum bo`lishicha...'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarida ‘‘Viloyatimizda DAV belgili  mashinalarga qandaydir imtiyoz berilganmi‘‘ sarlavhasi ostida tarqalgan videotasvir tarqaldi. Mazkur video o`rganilib, "Lasetti" rusumli avtomobil haydovchisiga bayonnoma tuzildi va transport vositasi jarima maydoniga qo`yildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, video yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib "Lasetti" rusumli, 70021DAV davlat raqam belgili avtotransport vositasi haydovchisi tegishli ruxsatnomasiz avtomashina old qismiga ko`k-qizil yonuvchi mayoqchalar o`rnatganlik hamda avtomobil yon oynalarining tusi tegishli ruxsatsiz qoraytirilganligi aniqlangan. 

Haydovchiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari bilan bayonnoma ramiylashtirilib, ushbu Kodeksning 291-moddasi tartibida vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

    Boshqa yangiliklar