AsosiyJamiyat

Koronavirusga qarshi emlanganlarga 750 ming so`mdan pul berilyaptimi? SSV oydinlik kiritdi

'Koronavirusga qarshi emlanganlarga 750 ming so`mdan pul berilyaptimi? SSV oydinlik kiritdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda yurtimizda vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming so`m miqdorida pul mablag`i berilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Bu kabi axborotlar avval ham kuzatilgan va vaziyat bo`yicha Sog`liqni saqlash vazirligi o`z munosabatini bildirgan edi.  

Mazkur holat bo`yicha vazirlik yana oydinlik kiritdi. 

"Haqiqatga to`g`ri kelmaydigan va rasmiy manbalar orqali tasdiqlanmagan bu kabi uydirma xabarlarni tarqatuvchilar endilikda internetda O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi nomidan maxsus sahifa ochib, odamlarni o`z tuzog`iga ilintirishga intilmoqda.  

Xususan, vazirlikning rasmiy veb-sayti bilan bir xil dizaynda tayyorlanib, uning asosiy fonida vaksina olganlarga 750 ming so`m miqdorida pul mablag`i berilishi aytilgan. Buning uchun shaxsiy ma`lumotlarni kiritish so`ralgan.

Yuqoridagi axborot firibgarlik maqsadida tarqatilgan bo`lib, u hech qanday rasmiy asosga ega emas.   Shu bois vazirlik aholidan bu kabi feyk xabarlarga ishonmaslikni, vaksinasiya jarayonlari bilan bog`liq eng to`g`ri ma`lumotlarni Sog`liqni saqlash vazirligining rasmiy ssv.uz sayti hamda telegramdagi https://t.me/ssvuz, https://t.me/ssvmatbuotkotibi sahifalari orqali olishlari mumkinligini eslatib o`tadi.

Unutmang, bu kabi yolg`on xabarlarni tarqatish tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo`ladi", - deyilgan Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabarida. 

    Boshqa yangiliklar