Turizm va madaniy meros vazirligi hamda uning huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan O`zbekiston hududida joylashgan madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilish maqsadida Ishonch telefoni ishga tushirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda O`zbekiston fuqarolari va mehmonlari biror-bir obidaga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar yoki ularga bo`layotgan xavfni sezgan holatda +(71) 200-01-18 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin bo`ladi.
Vazirlik yurtdoshlarimizni madaniy merosimizga ziyon etkazilishi mumkin bo`lgan holatlarning oldini olish yoki ularni bartaraf etishda ko`makdosh bo`lishga chorlamoqda.






