Xalq ta`limi vazirligi boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun 7 may kuni o`qish kuni deb e`lon qildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 apreldagi PF-131-son Farmoniga ko`ra haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar uchun 3 may qo`shimcha dam olish kuni, 4 may esa 7 may (shanba)dan ko`chirilgan dam olish kuni deb belgilangan edi.
"Umumta`lim maktablarida I — IV sinflar uchun o`quv haftaning davomiyligi 5 kun etib belgilanganligi bois joriy yilning 4 may kuni o`tkaziladigan dars jarayonlari 7 may kuniga ko`chirilganligini ma`lum qilamiz" deyilgan xabarda.






