Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida o`tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali mehmonlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2022 yilning 7 may kuni Andijon-Termiz-Farg`ona va Nukus-Termiz-Nukus yo`nalishlarida qo`shimcha charter aviaqatnovlar yo`lga qo`yildi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.
Shu bilan birga, yo`lovchilarni Farg`ona viloyatidan Andijon viloyatiga olib borish uchun avtobuslar ajratildi.
Ta`kidlash joizki, ushbu qo`shimcha reyslar O`zbekiston Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi “Turizmni yanada rivojlantirish, ichki turizm bozorini kengaytirish, turizm obektlarini ko`paytirish hamda muzeylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari”ga bag`ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig`ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta`minlash, hududlarda o`tkazilayotgan ommaviy tadbirlarda sayyohlarga qo`shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan yo`lga qo`yildi.