Mamlakatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish, uning ildizi bilan butunlay yo`q qilish borasida barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan hamkorlikda keskin kurash olib borilmoqda.
Bu borada ushbu turdagi jinoyatlarga qo`l urgan har qanday mansabdor shaxsga nisbatan keskin choralar ko`rilmoqda.
Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi 50 ming AQSh dollarini pora tariqasida olganligi holati keskin muhokamalarga sabab bo`lmoqda.
Ta`kidlash kerakki, hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov yakuni bo`yicha to`plangan dalillarga asosan qabul qilingan qonuniy qaror haqida keng jamoatchilikka qo`shimcha e`lon qilinadi.
O`z navbatida, amaldagi qonunchilikda tergov jarayoniga aralashish, ishni har tomonlama, to`la va xolisona o`rganilishiga to`sqinlik qilish, tergov yakunlanmasdan turib uning natijalarini tahmin va faraz qilish ta`qiqlanadi.
"Keng jamoatchilikni yana bir marotaba korrupsiya illatiga qarshi kurashishda hamkorlikka chorlaymiz" deyilgan munosabatda.






