Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Germaniyadagi hamkor tashkilot nemis tilini V2 va S1 darajada biladigan fuqarolar uchun quyidagi bo`sh ish o`rinlarini taklif qilmoqda.
- Bolalar bog`chasi tarbiyachisi (nemis tilini V2/S1 darajada bilish);
- Nemis tili o`qituvchisi (nemis tilini S1 darajada bilish);
- Oylik maosh – 2000 evrodan boshlanadi.
- Ishchilarga o`z tanlovlariga ko`ra yashash joyi taklif qilinadi.
- Nomzodlar ish beruvchi tomonidan suhbat asosida tanlab olinadi.
Nomzodga qo`yiladigan talablar:
- 22-45 yosh;
- Nemis filologiyasi yoki pedagogika yo`nalishidagi bakalavr diplomi;
- Xalqaro tan olingan va muddati 2 yildan oshmagan nemis tili sertifikati;
- sudlanmagan bo`lishi.
Tanlovda qatnashish istagida bo`lgan fuqarolar quyidagi hujjatlarni elektron (pdf) shaklda taqdim etishi lozim:
a) xorijga chiqish pasporti;
b) bakalavr diplomi (keyinroq notarial tasdiqlangan varianti so`raladi);
s) nemis tilidan V2/S1 sertifikati;
d) to`ldirilgan tarjimai hol (anketa nemis tilida).
Murojaat uchun: (71) 202-33-55,
elektron pochta: a.olimov@migration.uz






