AOKAda O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida «Yashil makon» umummilliy loyihasi ijrosi haqida ma`lumot berildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida o`rmon xo`jaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi PQ-4850-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi tomonidan joriy yilning I choragida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlardar va o`rmon fondi erlarida o`rmonzorlarni kengaytirish hamda yashil hududlarni barpo qilish ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, o`rmon fondining foydalanilmayotgan 1,5 ming gektar er maydonlari o`zlashtirilib, foydalanishga kiritildi. Shuningdek, foydalanilmayotgan o`rmon fondi erlaridan samarali foydalanish, o`rmon xo`jaliklariga xususiy sektor sub`ektlarini keng jalb qilish maqsadida 500 gektar er maydonlari jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berildi.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 yanvardagi 31-son qaroriga asosan Orolbo`yi mintaqasida jami 207 ming gektar, jumladan Mo`ynoq tumanida 106 ming gektar, Buxoro viloyatida 40 ming gektar, Navoiy viloyatida 50 ming gektar va Xorazm viloyatida 11 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etildi.
Cho`l hududlarida “yashil qoplama”lar barpo qilish tadbirlari uchun jami 1 ming tonna, shundan Qoraqalpog`iston Respublikasi Mo`ynoq tumanida 590 tonna (558,1 tonna saksovul, 20,7 tonna qandim, 11,5 tonna qoraburoq), Navoiy viloyatida 208 tonna (saksovul), Buxoro viloyatida
160 tonna (75 tonna saksovul, 5 tonna qandim, 80 tonna cherkez) va Xorazm viloyatida 52 tonna (saksovul) cho`l o`simliklarining urug`lari jamg`arildi.
O`rmon xo`jaliklari tomonidan jami 18 mln dona tez o`suvchi va boshqa turdagi daraxt hamda butalarning qalamchalari tayyorlandi.
Meliorasiya ob`ektlari atrofida hamda qishloq xo`jaligi erlarida hosildorlikni ko`paytirishga yo`naltirilgan shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun 2,4 ming gektar (yillik topshiriqqa nisbatan 96 foiz) maydonda ixota daraxtzorlari barpo etildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada ko`kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-46-son Farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida O`rmon xo`jaligi davlat tegishli buyrug`i qabul qilindi. Ushbu buyruq bilan Farmon ijrosini ta`minlash bo`yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi va Yashil hududlarni rivojlantirish, ko`kalamzorlashtirish va ko`chat ekish ishlarini tizimli tashkil etish bo`yicha yo`l xaritasi belgilab olindi. Ko`kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish hamda «Yashil hudud» davlat unitar korxonasi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi markaziy apparatida ko`kalamzorlashtirish masalalari bo`yicha rais o`rinbosari — «Yashil hudud» davlat unitar korxonasi direktori va 5 nafar shtat birligidan iborat Yashil hududlarni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etildi.
O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasining 2022 yil 28 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PF-46-son Farmoni ijrosini ta`minlash bilan bog`liq qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 16-sonli buyrug`i bilan “Yashil hudud” davlat unitar korxonasining ustavi hamda uning Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy korxonalarining ustavlari, “Yashil hudud” davlat unitar korxonasining tuzilmasi, “Yashil hudud” davlat unitar korxonasining Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy korxonalarining namunaviy tuzilmalari tasdiqlandi. Mazkur Farmonda respublikani ko`kalamzorlashtirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarning 186 ta tuman va shaharlarda 2022 yilda 584 gektar maydonda “yashil bog`lar”, 184 ta tuman va shaharlardagi 306 ta ob`ektlarda 2022-2024 yillarda jami 1082 gektar maydonda yangidan “yashil jamoat parklari” barpo etiladi.
Shuningdek, o`rmon xo`jaliklari tomonidan joriy yilning
I choragi davomida 257 gektar maydonda dorivor va ozuqabop o`simliklar plantasiyalari tashkil etildi.
O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi markaziy apparati xodimlari hamda viloyat o`rmon xo`jaliklari boshqarmalari va xo`jalik rahbarlarining huquqiy, iqtisodiy va kasbiy bilimlarini baholash bo`yicha xodimlar attestasiyadan o`tkazildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi
PF-5843-son Farmoniga asosan davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida ishga qabul qilish O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga yuklatilganligini inobatga olib, Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (vacancy.argos.uz) orqali ochiq mustaqil tanlov asosida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilishni tashkil etish hamda vakant lavozimlariga yuqori malakali va tajribali kadrlar bilan to`ldirish tizimi joriy etildi.
Bundan tashqari, o`rmon fondi erlarida 1 ta tashrif markazi, 4 ta ekomarshrutlar tashkil etilib, ekoturizmni rivojlantirish bo`yicha 8 ta loyihalarni amalga oshirish hisobiga ekoturizm ob`ektlar soni 286 taga etkazildi.
O`rmon xo`jaligi sohasi oldida turgan muhim muammolar echimiga qaratilgan 20 ta ilmiy mavzular shakllantirilib, O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligiga o`rnatilgan tartibda kiritildi. O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot institutining 4 nafar xodimiga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan katta ilmiy xodim unvoni berildi. Soha olimlari tomonidan 3 ta maqsadli loyihalar tayyorlanib, bugungi kunda shulardan 1 tasi moliyalashtirildi va qolgan 2 tasi texnik ekspertizadan o`tkazilib, O`rmon xo`jaligi, tuproqshunoslik va o`simliklarni himoya qilish yo`nalishi bo`yicha ilmiy-texnik kengashga ko`rib chiqish uchun kiritilgan.
Bundan tashqari, O`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot institutining malaka oshirish markazi tomonidan 250 nafar o`rmon nazoratchilari, o`rmon ustalari, o`rmon muhandislari, dorivorchilik mutaxassislari, o`rmon agronomlari va boshqa kasbdagi xodimlar uchun malaka oshirish o`quv-seminarlari tashkil etildi.
O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi bo`yicha. 2021 yil yakuni bilan jami 887 ta o`rmon qonunbuzarliklari aniqlanib, jami 5 mlrd 207 mln so`mlik zarar keltirilgan. Jumladan, 345 ta holatda noqonuniy daraxt kesish, 412 ta holatda noqonuniy mol boqish, 16 ta holatda noqonuniy ov hamda 114 ta mol boshqa qonunbuzarliklar aniqlangan.
2022 yil 1 chorak holatiga 75 ta qonunbuzilish xolati aniqlangan bo`lib 18 ta mol boqish, 36 ta daraxt kesish, 6 ta ov qilish va 16 ta holatda boshqa qonunbuzarliklar aniqlangan bo`lib, bu bilan o`rmon xo`jaligiga 274 432 ming so`m miqdorda zarar etkazilgan.
51 ta holat bo`yicha o`rmon xo`jaligi inspektorlari tomonidan ma`muriy qaror chiqarilgan. Chiqarilgan qarorlar bo`yicha 60 651 ming so`m jarima miqdori belgilangan. 24 holatda 19 453.5 ming so`m miqdorda jarimalar undirilgan. Hozirda 22 ta holat ijrosi kutilmoqda 2 ta holat MIBga yuborilgan.
Hozirgi kunda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga o`rmon huquqbuzarliklarini oldini olish bo`yicha qo`shma reyd tadbirlari olib borilib, “E-ma'muriy ish” tizimi orqali rasmiylashtirilib kelinmoqda.