Viloyat FVB go`dakning ahvoli bo`yicha ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 8 may kuni yuz bergan.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Navbatchi dispetcherlik xizmatiga 3 yoshli bolaning ehtiyotsizligi oqibatida chap qo`li go`sht maydalashga mo`ljallangan qurilma ichiga kirib qolganligi va uni olishda amaliy yordam kerakligi haqida xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra, viloyat qutqaruv otryadi qutqaruvchilari aytilgan shifoxonaga etib borishib, qisqa vaqt ichida tibbiyot xodimlari bilan birgalikda qurilmaning metal bo`lagini olib tashlashda yordam ko`rsatishgan.
Tibbiyot xodimlarining bergan ma`lumotlariga ko`ra, hozirda bolaning ahvoli yaxshi.






