Ijtimoiy tarmoqda Xitoyning Chjoushan shahrida osmon qizil rangga kirgani aks etgan videolavha tarqaldi. Voqea guvohlari bunday hodisa oldin kuzatilmaganini qayd etishgan. Zamon.uz' bu haqda yozmoqda.
Mahalliy meteorologlarning fikricha, hodisaga bulutlarning kema bortidagi chiroq nurlarini qaytarishi sabab bo`lgan.
OAV buni hududdagi kimyo zavodida bo`yoq ishlab chiqarilishi bilan bog`lagan.
https://www.gulftoday.ae/news/2022/05/09/sky-turns-blood-red-over-chinese-city-residents-fear-armageddon
Ma`lum qilinishicha, bundan avval, 2019 yil sentyabr oyida Indoneziyada ham shunga o`xshash hodisa ro`y bergan. Unda o`rmon yong`inlari sabab osmon qizil rangga kirgandi.






