Toshkent shahar Uchtepa tumanida topshiriqlarni o`z vaqtida bajarmasdan ishiga mas`uliyatsizlik bilan yondashgan hokim yordamchilariga hayfsan berildi. Bu haqda tuman hokimi farmoyishi e`lon qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, joriy yilning 1-chorak yakuni bilan "ONLINE-MAHALLA" platformasiga kiritilgan ma`lumotlarni KPI baholash tizimida baholanib, tuman ko`rsatkichidan tumandagi 60 ta mahalla fuqarolari yig`inlari hokim yordamchilaridan 45 foizi (27 nafari.) past baho olganligi aniqlangan.
Shunga ko`ra, quyidagi mahalla fuqarolar yig`inlaridagi hokim yordamchilariga nisbatan hayfsan intizomiy jazo choralari qo`llanildi:
- «Abdulla Qodiriy» — S.Fazliev;
- «Qo`rg`ontepa» — A.Raupov;
- «Xondamir» — N.Usmonov;
- «Jurjoniy» — K.Saipov;
- «O`rikzor» — N.Mirzaev;
- «Oqmaschit» — B.Qurbonov;
- «Hojiobod» — F.Karimov;
- «Nurobod» — S.Tuxtamurodov;
- «Bog`obod» — X.Ro`zimurodov;
- «Qor yog`di» — B.Isaev;
- «Bekobod» — S.Jumaqulov;
- «Ko`ksaroy» — I.Imambaev;
- «Tepaqo`rg`on» — X.Jumaev;
- «Alixonto`ra Sog`uniy» — Y.Xadjiev;
- «Tinchlikobod» — S.Abduvaliev;
- «Ko`kcha Oqtepa» — M.Egamberdiev;
- «Qoziguzar» — A.Qurbonov;
- «Chamanzor» — A.Shamsiev;
- «Yusuf Sakkokiy» — I.Rahmatullaev;
- «Latifguzar» — Sh.Nasrullaev;
- «Xuroson» — K.Burhonov;
- «Foziltepa» — D.Karimov;
- «Sharq Yulduzi» — T.Abdurahmonova;
- «Taqachi» — O.Yorqulov;
- «O`tkir» — A.Shernazarov;
- «Ko`rkamobod» — B.Boboqulov;
- «Xurshid» — M.Axmedov;
- «Cho`pon ota» — J.Boymirov;
- «Diydor» — (R.Norqo`ziev);
- «Quyi Darxon» — (A.Arziev);
- «Sharq Guli» — (J.Soatov);
- «Beshqayrag`och» — (R.Qutliev);
- «Hayratiy» — (J.Jonibekov) gan.






