AsosiyJamiyat

Respublika ichidagi respublika... Qoraqalpog`istonning turistik salohiyati qanchalik rivojlanmoqda?

'Respublika ichidagi respublika...  Qoraqalpog`istonning turistik salohiyati qanchalik rivojlanmoqda?'ning rasmi

So`nggi yillarda yurtimizda barcha sohalar kabi, turizm sohasi ham jadal rivojlanib bormoqda. Respublikada ichki Turizmni ommalashtirish, xorijiy turistlar oqimini jalb qilish maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qator qarorlar, loyihalar amalga oshirilmoqda, yangi tashabbuslar qo`llab-quvvatlanmoqda. Turistik mavsum mobaynida dunyoning qator davlatlaridan ko`p sonli xorijiy turistlar oqimini jalb qilishi uchun bugungi kunda yurtimiz etarli turistik salohiyatga egadir.  

O`z o`rnida Qoraqalpog`iston Respublikasi ham O`zbekistonning boshqa hududlari kabi o`ziga xos tomonlariga ega. Jumladan hududning tarixi, madaniyati, urf-odatlari, turmush tarzi, qadimiy madaniy meros ob`ektlari va shu kabi diqqatga sazovor ob`ektlari bilan ajralib turadi. Yuqorida keltirib o`tilgan xususiyatlar Qoraqalpog`istonning turistik salohiyatini yanada oshiradi.  

Qoraqalpog`iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan bugungi kunda Qoraqalpog`istonning turistik salohiyatini keng targ`ib qilish, ushbu hududga tashrif buyuruvchi turistlar oqimini ko`paytirish bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, turistik ob`ektlar bo`yidagi infratuzilmani yaxshilash, yirik avtomagistrallar bo`yida sanitar-gigienik shoxobchalar sonini ko`paytirish va ularning sifat darajasini oshirish, turistlarga xizmat ko`rsatuvchi turistik korxonalar, joylashtirish vositalari, jumladan, mehmonxona, xostel va oilaviy mehmon uylari sonini ko`paytirish, yangi turistik marshrutlarni ishlab kabi bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.  

 Turizm sohasida bunyodkorlik ishlari ham amalga oshirilmoqda. Jumladan, respublikaga tashrif buyuruvchi turistlar uchun xizmat darajasini oshirish va yangi qulayliklarni yaratish maqsadida shu kungacha ko`p sonli joylashtirish ob`ektlari barpo etilgan. Ko`rsatkichlarga keladigan bo`lsak, hozirgi vaqtda Qoraqalpog`istonda 45 turistik korxona, shuningdek 86 joylashtirish vositalari mavjud bo`lib, shular qatoridan 33 mehmonxona, 36 oilaviy mehmon uylari va 17 xostellar o`rin olgan. Bundan tashqari 11 mikroavtobus, 45 yo`l tanlamas avtotransport vositalari va 12 kvadrasikl, 25 gid-tarjimonlar, 200 dan ortiq turistik namoyish ob`ektlari (hunarmandlar ustaxonalari, ko`ngilochar parklar, muzeylar, akvapark va suv attraksionlar) faoliyat ko`rsatmoqda. Global pandemiya davriga qaramasdan 2021 yil davomida Qoraqalpog`istonga 284 ming mahalliy va 25 mingga yaqin xorijiy turistlar tashrif buyurgan.  

 Qoraqalpog`iston Respublikasining shahar va tumanlari alohida turistik destinasiyalar bo`lib hisoblanadi va ular qatoriga Nukus shahri, Chimboy tumani, Qoraqalpg`istonning janubiy hududi (Ellikqal`a, To`rtko`l va Beruniy tumanlari) va albatta Mo`ynoq tumani ham kiradi. Ushbu tumanlarni hududning turistik salohiyati va o`ziga xos tomonlaridan kelib chiqib, turizmning yo`nalishlari bo`yicha alohida o`ringa ega.

    Boshqa yangiliklar