Samarqandda taqiqlangan modda bilan bog`liq navbatdagi holat aniqlandi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, 8 may kuni soat 19:45 larda Samarqand viloyati, Paxtachi tumani hududidan o`tuvchi M-37 avtomobil yo`lining 147-kilometrida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan "Nexia" rusumli avtomobil to`xtatilib tekshirilganda, haydovchi, 1982 yilda tug`ilgan A.Q. o`zining ko`rinishi va xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg`otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruvlar davomida avtomobil salonidan "skotch"ga o`ralgan jigar rangli, o`tkir hidli, saqichsimon moddalar topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro A.Q. va aniqlangan moddalar Paxtachi tumani IIBga topshirilgan.






