Endilikda O`zbekiston fuqarolariga Evropa Ittifoqida ishlash uchun vizalar va yashash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish bo`yicha to`liq ma`lumot olishga yordam beradigan maxsus ilova va veb-sayt ishlab chiqiladi.
Bu haqda agentlik xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ayni damda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi mutasaddilaridan iborat delegasiya Latviyada bo`lib turibti. Ularning tashrifi doirasida agentlik va "UberHint" kompaniyasi o`rtasida memorandum imzolangan.
Unga ko`ra, Latviya kompaniyasi O`zbekiston fuqarolariga Evropa Ittifoqida ishlash uchun vizalar va yashash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish hamda olish bo`yicha to`liq ma`lumot olishga yordam beradigan maxsus ilova va veb-sayt ishlab chiqadi.
"Memorandumning eng muhim jihatidan yana biri – Evropa Ittifoqida noqonuniy bo`lgan, ya`ni vizalari va yashash uchun ruxsatnomalari muddati tugagan o`zbekistonlik fuqarolarga yordam ko`rsatishdan iborat",-deyiladi xabarda.






