AsosiyJamiyat

2022 yil g`alla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlar haqida ma`lumot berildi

'2022 yil g`alla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlar haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

2022 yilda 1 tonna g`alla hosili uchun kutilayotgan minimal narx — 3 mln so`m.

Qishloq xo`jaligi vazirligi hamda O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tomonidan jahon bozori hamda mintaqaviy birjalar narxlari tahlil qilinib mazkur miqdor e`lon qilindi.

"Bozorlardagi narxlardan kelib chiqqan holda har chorakda kutilayotgan minimal narxga tuzatishlar kiritilib, e`lon qilib boriladi",-deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi “G`alla etishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4634-sonli qaroriga muvofiq mintaqaviy birjalar narxlarini tahlil qilgan holda kelgusi yil g`alla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlarni e`lon qilib boriladi.

    Boshqa yangiliklar