1

Toshkentda qaynona kelinini pichoqlab o`ldirdir

Jinoyat 14.05.2022, 09:11
Toshkentda qaynona kelinini pichoqlab o`ldirdir

Ijtimoiy tarmoqlarda qaynona kelinini pichoqlab o`ldirganligi haqida xabarlar tarqaldi. Unda kelin 30 yoshda bo`lgani va 3 farzandi bo`lgani aytilgan.

 

Bosh prokuror matbuot kotibi  bu xabarni tasdiqladi. Uning ma`lum qilishicha, 5 may kuni soat tahminan 10.00 larda Toshkent tumani, Chinor 7-tor ko`chasida yashovchi ayol (1955 y.t.) kelini (1985 y.t., 3 nafar farzandi bor) bilan o`zaro oilaviy kelishmovchilik sababli janjallashgan.  

Janjal davomida ayol oshxona pichog`i bilan kelinining chap ko`krak qismiga bir marotaba zarba bergan.

Olgan tan jarohati tufayli jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.

Shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan zarur tibbiy muolajalarga qaramasdan 9 may kuni kelin shifoxonada vafot etgan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ayblanuvchi ayolga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Toshkent tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1