AsosiyJamiyat

“Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Oila – muqaddas dargoh” forumi o`tkazilmoqda

'“Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Oila – muqaddas dargoh” forumi o`tkazilmoqda'ning rasmi

“O`zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatida 13-14 may kunlari  “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Oila – muqaddas dargoh” forumi o`tkazilmoqda. 

Ma`lumki, oila – insonning tug`lishidan to umri poyoniga qadar bo`lgan hayot mazunini qamrab olgan, ta`lim-tarbiya, imon-e`tiqodning asosiy poydevori shakllantiriladigan muqaddas maskan. Mehr-oqibat rishtalarini, odamiylik mezonlarini, milliy qadriyatlarni e`zozlab-avaylaydigan, kelgusi avlodlarga to`kis etib borishini ta`minlaydigan mo``tabar dargoh. 

Shu ma`noda, 15 may kuni, jahon miqyosida Xalqaro oila kuni (International Day of Families) sifatida keng nishonlanadi. Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993 yil 20 sentyabrdagi Xalqaro oila yili to`g`risidagi rezolyusiyaga muvofiq 1994 yilning 15 mayidan buyon muntazam ravishda nishonlanib keladi.

Yuqoridagilarga asosan, joriy yilning 13 may kuni “O`zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatida “15 may – Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Oila – muqaddas dargoh” forumi o`tkazildi. Forumi doirasida Jamiyat tizimidagi korxonalar o`rtasida “Yangi O`zbekistonning ibratli gidroenergetik oilasi” ko`rik-tanlovi hamda tizim ishchi-xodimlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o`yini va sport musobaqalari tashkil qilindi.

Forumda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`zbek tilini rivojlantirish jamg`armasi direktori Eminov Azizjon G`ulomjonovich va Vazirlar Mahkamasining ma`naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bosh mutaxassisi Hamroev G`ofurjon Hasanovich hamda Energetika vazirining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha maslahatchisi Qurbonov Sobirjon Po`latovich, vazirlikning matbuot xizmati rahbari Bekmuradova Sabina Ruslanovnalar tashrif buyurib, o`z fikr-mulohazalri bilan o`rtoqlashdilar. Forum doirasidagi tadbirlarning yuqori saviyada tashkil etilganini mamnuniyat bilan e`tirof etdilar.

 

    Boshqa yangiliklar