1

Og`iz qurishidan qanday xalos bo`lish mumkin?

Salomatlik 15.05.2022, 11:25
Og`iz qurishidan qanday xalos bo`lish mumkin?

Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati terapevt-shifokor Hilola ABDULLAEVA bilan og`iz qurishiga doir suhbatini davom ettiradi.

— Og`iz qurishini tashxislashda qanday tekshiruvlar talab etiladi?

— Avvalo, shifokor bemorning shikoyatlari bilan tanishadi va uning so`zlaridan bu muammoga olib kelishi mumkin bo`lgan kasalliklar bor-yo`qligini aniqlaydi, — deydi shifokor.

— Shundan so`ng, zarurat bo`lsa, peshob va qon analizlari, so`lak bezlarining ultratovush tekshiruvi o`tkazilishi mumkin. Aytish lozimki, ushbu muammoning asl sabablarini aniqlash uchun bir vaqtning o`zida psixolog, nevrolog, terapevt, revmatolog kabi shifokorlarning ishtiroki talab etiladi.

— Kasallik qanday davolanadi?

— Agar og`iz qurishiga so`lak bezlarining normal ishlamayotganligi sabab bo`lsa, bu muammoni bartaraf etish uchun stomatolog bir necha dorilarni tavsiya qilishi mumkin.  

Shuningdek, ovqatni yaxshi va uzoq chaynash tegishli so`lak bezlarining etarli miqdorda shira ajratishiga va og`iz qurib qolmasligiga yordam beradi.

Bundan tashqari, burundan nafas olish, ko`p suyuqlik ichish, og`izni suv bilan muntazam chayib turish, zararli illatlardan voz kechish, gazlangan ichimliklar, choy, qahva, sho`r va achchiq ovqatlarni cheklash, ko`p asabiylashmaslik, dori vositalarini o`zgartirish ham bu holatdan tezroq xalos bo`lishga ko`maklashadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1