AsosiyJamiyat

O`zMMAning yangi logotipi tasdiqlandi

'O`zMMAning yangi logotipi tasdiqlandi'ning rasmi

Bir muddat avval O`zEOAVMAning nomi O`zbekiston milliy media assosiasiyasiga o`zgargani haqida xabar bergan edik. Ayni damda Assosiasiyaning Darakchi.uz'ga ma`lum qilishicha, uning yangi logotipi xam tasdiqlandi. 

Qayd etilishicha, logotip minimalizm uslubida ishlangan bo`lib,  milliy “quroq” namunasida ifodalangan.

"Buning ramziy ma`nosi bor. Tasvir turli rang va shakldagi matolarni birlashtirish orqali yaxlit amaliy san`at namunasini yuzaga keltiradigan tarixiy va zamonaviy an`analarimiz uyg`unligidagi bir jamiyat, bir maqsad atrofida milliy media a`zolarini birlashtiruvchi ma`noga ega",-deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha, logotipdagi turli ranglarda aks ettirilgan to`rtburchak shakllar raqamli dunyoning muhim elementi piksellarni  anglatadi.  

    Boshqa yangiliklar