Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o`quvchisi kaltaklanganligi bilan bog`liq video tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Aniqlanishicha, 22 aprel kuni Bandixon tumani 4-maktabning ingliz tili fani o`qituvchisi 9-sinf o`quvchisi dars mashg`ulotlariga tayyorgarlik ko`rmasdan kelganligi uchun uni urgan.
Holat yuzasidan Bandixon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi. Tekshirish doirasida o`qituvchining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.