1

EI pozisiyasidan qat`i nazar Berlin Rossiya neftidan voz kechmoqchi

Dunyo 16.05.2022, 14:19
EI pozisiyasidan qat`i nazar Berlin Rossiya neftidan voz kechmoqchi

Germaniya yil oxiriga qadar Rossiya nefti importidan voz kechadi. Shuningdek, hozirda muqobil etkazib beruvchilar bilan muzokaralar o`tkazilmoqda. Bu haqda zamon.uz  Bloomberg agentligi ma`lumotiga tayanib xabar bermoqda. 

Unga ko`ra, Olaf Shols hukumati Moskvaning Ukrainadagi harakatlariga javob choralari sifatida rus "qora oltin"idan voz kechadi. Hozirda Berlin boshqa etkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib bormoqda. Ammo aynan qaysi davlatlardan neft sotib olinishi hozircha oshkor qilinmayapti. Bloomberg bilan suhbatlashgan manbalar Germaniya hukumatining olti-etti oy ichida logistika bilan bog`liq masalalarni hal qilishiga ishonch bildirgan.

Agentlik suhbatdoshlarining qo`shimcha qilishicha, neft importini to`xtatish Evroittifoqning embargosidan qat`iy nazar amalga oshiriladi. Evropaning qator davlatlari Rossiya neftidan hozir voz kecha olmasligini aytmoqda. Bu esa EIning rus "qora oltin"iga embargo joriy eta olmasligiga sabab bo`lyapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1