1

Vladimir Norov ShHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Dunyo 16.05.2022, 16:18
Vladimir Norov ShHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

2022 yil 16 may kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi

Suhbat chog`ida O`zbekiston bilan ShHT o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

O`zbekistonning ShHTga raisligidagi tadbirlarga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish bilan bog`liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar O`zbekiston raisligida Tashkilotning shu kungacha 40 dan ortiq tadbirlari muvaffaqiyatli o`tkazilganini qayd etdi hamda joriy yilning may-sentyabr oylariga mo`ljallangan yuqori darajadagi uchrashuvlarning tashkiliy masalalari va kun tartibini muhokama qilishdi.

Ta`kidlanganidek, O`zbekiston tashabbusi bilan ShHT doirasidagi hamkorlikning yangi yo`nalishlari yo`lga qo`yilgan bo`lib, ular Tashkilot kun tartibini zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda boyitishga xizmat qilmoqda. Xususan, ShHTga a`zo davlatlarning axborot-kommunikasiya texnologiyalari, kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha ilk bor vazirlar yig`ilishlari tashkillashtirildi. 17-may kuni esa Toshkent shahrida o`simliklar karantini bo`yicha mas`ul idoralar rahbarlarining birinchi yig`ilishi bo`lib o`tadi.

ShHT Bosh kotibi asosiy voqea – 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari bo`lib o`tadigan ShHTga a`zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisiga tayyorgarlik ko`rish, mamlakatimiz tomonidan Samarqand sammitini mazmunan boyitish bo`yicha amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlarni yuksak baholadi. Shu nuqtayi nazardan, tomonlar bo`lajak sammit doirasida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlarni kelishish jarayonini tezlashtirish bo`yicha faol sa`y-harakatlarni davom ettirish zarurligini ta`kidladilar.

ShHT faoliyatini yanada rivojlantirish, uning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari, jumladan, Afg`onistondagi mavjud vaziyat ham ko`rib chiqildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1