1

Piskentda er sotib pul ishlamoqchi bo`lgan kadastr xodimlari qo`lga tushdi

Jinoyat 19.05.2022, 16:21
Piskentda er sotib pul ishlamoqchi bo`lgan kadastr xodimlari qo`lga tushdi

Piskent tumanida er maydonlarini sotgan firibgar va uning sheriklari bo`lgan kadastr bo`limi xodimlari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo`limi tomonidan “A.G.” uzumchilik va bog`dorchilik shirkatining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro T.T., Davlat kadastrlari palatasining Olmaliq shahar filiali mutaxassisi A.N. va Piskent tumani filiali kadastr muhandisi B.Sh.lar o`zaro til biriktirib, Piskent tumani hokimining 2020-2021 yildagi qaroriga ilova qilingan ro`yxatni soxtalashtirib, “A.G.”  shirkatiga qarashli er maydonlarini fuqarolarga 6-8 sotixdan 2 000 dan 15 000 AQSh dollarigacha sotishib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun yana 1-2 mln so`mdan pul olishib, 14 nafar fuqaroning jami 562,4 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Tekshiruv davomida, A.N. va B.Sh.lar tomonidan o`z aybiga iqror bo`lib, etkazilgan zararni qoplash uchun taqdim qilgan 13,1 mln so`mi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.          

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1