1

Putinning baletchi qizi Zelenskiy bilan oila qurdi

Dunyo 20.05.2022, 08:30
Putinning baletchi qizi Zelenskiy bilan oila qurdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning qizi Ekaterina Tixonova Bavariya davlat baletining sobiq badiiy rahbari Igor Zelenskiy bilan oila qurdi. Bu haqda manbalarga tayanib Zamon.uz' xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, Kirill Shamalov bilan bir necha yil oldin ajrashgan 35 yoshli Tixonova so`nggi yillarda o`zining yangi  turmush o`rtog`i bilan ikki mamlakatda - Rossiya va Germaniyada yashagan. Ularning hatto qizi ham bor.

52 yoshli Igor Zelenskiy taniqli balet raqqosasi hisoblanadi. Yaqin vaqtgacha u Bavariya davlat baletiga rejissorlik qilgan va 2022 yilning aprelida, shartnoma muddati tugashidan ancha oldin iste`foga chiqqan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Putinning qizlari Kanada "nishoniga olingandi". Shuningdek, yana bir qator rus oligarx va amaldorlariga sanksiyalar qo`llangani haqida xabar bergan edik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1