Тoshkent shahrida aholiga xizmat ko`rsatuvchi avtobus (elektrobus)ga chiqishda uning old eshigidan, tushayotganda esa orqa eshiklardan foydalanish tartibi joriy etildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, haydovchi yonida maxsus validator va qurilma o`rnatilgan bo`lib, u orqali chiqayotgan yo`lovchi yo`l haqi to`laydi va salonga kiradi.
Ushbu qoida yo`lovchilarga qulaylik yaratish va transport madaniyatini shakllantirish maqsadida joriy etilmoqda.
"Belgilangan qoidalarga amal qilishingizni so`raymiz", - deyiladi xabarda.