1

Toshkent viloyatiga ko`chgan Finlyandiya: "kraska", sement va hatto mix ishlatilmagan ekokottejlar...

Jamiyat 20.05.2022, 17:01
Teglar: Bo`stonliq, Green Hills Resort
Toshkent viloyatiga ko`chgan Finlyandiya: "kraska", sement va hatto mix ishlatilmagan ekokottejlar...

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani Chimboylik qishlog`ida (Oqtosh) yangi yangi dam olish maskanining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi bilan hamkorlikda dam olish maskani tashkilotchilari tomonidan yuqori saviyada tashkil etildi.

“Green Hills Resort” — yashil cho`qqilar degani, joy va manzara ham o`z nomiga mutanosib. Maskanga kirib borishingiz bilan Siz o`zga olam — yashillik va go`zallik ichiga tushib qolasiz. Maskan o`ziga xos shifobaxsh havosi bilan hayratga soladigan so`lim tog` hududida joylashgan. Ochilish marosimiga tashrif buyurgan mehmonlar qatorida OAV vakillari ham ana shu tabiat go`zalligiga guvoh bo`lishdi. To`rt tomoni tog` bilan o`ralgan 8 gektar maydonda muhtasham va so`lim dam olish maskani barpo etilgan.  

Mazkur loyiha O`zbekiston Prezidentining mamlakatda turizmni rivojlantirish va xorijiy investorlarni jalb etishga doir qarorlarining Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi ijrosi doirasida “Saipro group” kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Hududda kottej va mehmonxonalar, ochiq o`yin maydonchalari, mini-futbol, shaxmat, arqonli maydonchalar va restoran mavjud. Shuningdek, suzish havzasi bor, tog` yon-bag`irlari va soylar bo`ylab sayr qilish mumkin.

12 million AQSh dollari miqdorida mablag` sarflangan dam olish maskanini loyihalash va qurishda tabiat va faol dam olish o`rtasida uyg`unlik yaratishga alohida e`tibor qaratilgan. 

Sanjar Salixov, Green Hills Resort” dam olish maskani direktori:

— "Green Hills Resort” hududida bugungi kunda 11 ta ikki qavatli kottej mehmonlarni qabul qilishga tayyor. Kelgusida kottejlar sonini 40 taga etkazish rejalashtirilgan. Ahamiyatli jihati bu uylar to`liq tabiiy yog`ochdan qurilgan. Ya`ni, ularning qurilishida sement, mix kabi doimiy qurilish manbalaridan foydalanilmagan. Ular tayyor holatida Finlyandiyadan keltirilgan va "lego" ko`rinishida terib chiqilgan. Xonaga kirsangiz, o`zgacha engil ruhiyatni xis qilasiz, chunki yog`ochdan yasalgan uylarga hatto kraska va laklar ham ishlatilmagan. Barcha-barchasi tabiiy holatda barpo etilgan. Dam oluvchilar bunday uylarda shimoliy o`rmonlar ruhi va fin qarag`aylari nafasini his qilishadi. Shuni alohida ta`kidlash joizki, bu harakatlarning barchasi “Yashil Makon” umummilliy loyihasi doirasida davlat tashkilotlari ko`magida amalga oshirilmoqda. Qurilish jarayonida hududdagi mavjud barcha daraxtlar saqlab qolindi, qo`shimcha ravishda yana 800 tupdan ortiq turli navdagi daraxt ko`chatlari ekildi.  

Xo`sh, bu erda dam olish qanchaga tushadi?

To`g`risini aytish kerak, dam olish maskanidagi noyob manzara, tabiiy lanshaftlar va eng zamonaviy ko`rinshdagi sharoitlarni ko`rish uchun avvalo, tashrif buyuruvchilarga narx-navo masalasi ahamiyatli. Dam olish maskani mas`ullarining izohiga ko`ra, tabiat qo`ynida joylashtirilgan uy kottejlari bir guruh va oilaviy keluvchilar uchun qulay qilib jihozlangan. Ya`ni yaqinlar yoki oila bilan 6-8 nafargacha bo`lib kelish va bitta kottej uyni band qilish mumkin bo`ladi. Buning uchun mazkur bitta kottejni sport maydonchalaridan foydalanish, nonushta va yana bir qator ko`ngil ochar mashg`ulotlar bilan birga bir sutkaga band qilish o`rtacha 600 AQSh dollari atrofida bo`ladi.  

Ma`lum qilinishicha, mazkur joy yilning to`rt faslida dam olish uchun mo`ljallangan bo`lib, nafaqat individual yoki oilaviy mehmonlarni qabul qilish imkoniyatiga ega, balki korporativ tadbirlar, jumladan konferensiyalar, forumlar, korporativ yubileylarni nishonlash, teambuilding kabi tadbirlar uchun ham mo`ljallangan.

Ochilish marosimida Bosh vazir o`rinbosari — Turizm va madaniy merosa vaziri Aziz Abduhakimov o`zbekistonliklarni yana bir takrorlanmas ko`rinishdagi dam olish maskani ochilgani bilan tabrikladi. Shuningdek, yog`och uylarni etkazib bergan (Finlyandiya) kompaniya Bosh direktor o`rinbosari-savdo bo`yicha direktori Mariya Turenkova dam olish maskani rahbariyatiga kottejlarning sifat standartlari va ekologik talablarga to`liq muvofiqligi to`g`risidagi sertifikatni topshirdi.

Shundan so`ng mehmonlar e`tiboriga sovrinli o`yinlar va taniqli o`zbek estradasi yulduzlari ishtiroida ko`ngilochar-konsert dasturi taqdim etildi.

Yaqin kelajakda ushbu hududda turizm, qishloq xo`jaligi, ekologiya va sportni o`zida birlashtirgan ko`p tarmoqli klaster hamda kichik sanoat klasterini yaratish maqsad qilingan.

Farida Egamberdieva,
Sardorbek Rahmonqulov
 

Sharhlar

Bo`stonliqdagi “Nanay” ko`prigi yopildi

08.09.2022, 10:58

Bo`stonliq tumani “Nanay” MFYga olib boruvchi ko`prik ta`mirlash ishlari sababli vaqtincha yopildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, “Chorbog` suv ombori halqa yo`li”ning...
Bo`stonliqqa dam olish uchun ketayotgan fuqarolar mashinasi jar yoqasida turib qoldi (video)

30.09.2021, 11:24

Bo`stonliqqa dam olish uchun ketayotgan fuqarolar mashinasi jar yoqasida turib qoldi.FVV voqea yuzasidan ma`lumot berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 26 sentyabr kuni bir guruh fuqarolar Toshkent...
Bo`stonliqda “Navqiron jurnalistlar” media-oromgohi ish boshladi (foto)

12.07.2021, 16:42

O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosasiyasi joriy yilning 2 aprel kuni O`zEOAVMA a`zolarining umumiy yig`ilishida “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” milliy media dasturini tayyorlab qabul...
Bo`stonliq tumanida savdoga qo`yilgan erlar haqida bilasizmi? (foto)

04.05.2021, 12:59

Turizm va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Chorvoq” erkin sayyohlik zonasi va Bo`stonliq tumani hokimligi tomonidan turizm loyihalarini amalga oshirish uchun taklif qilingan va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1