Bir muddat avval Buxoroda I Xalqaro zardo`zlik va zargarlik festivali boshlanayotgani haqida xabar bergan edik. Festivalga tantanali yurishlar bilan "start" berilgan edi. Shuningdek, 21-25 may kunlari viloyatda tadbir doirasida gala konsert, milliy liboslar ko`rgazmali chiqishlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, askiya va qiziqchilar, folklor va dorbozlik jamoalarining tomosha dasturlari namoyish etilishi kutilayotandi.
Bugun festival doirasida o`tkazilishi rejalashtirilgan teatrlashtirilgan konsert dasturi ob-havo noqulayligi bois boshqa kunga qoldirildi. Bu haqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov tadbir joyidan xabar bermoqda.
Eslatib o`tamiz, sal avval Navoiy va Buxoro viloyatining ko`plab hududlarida kuchli shamol va chang-qum bo`ronlari kuzatilayotganini ma`lum qilgan edik.






