AsosiyJamiyat

Chin muhabbat "zona" devorlarini ham oshib kirdi Yoxud samarqandlik yigitning kechmishlaridan bir shingil (video)

'Chin muhabbat "zona" devorlarini ham oshib kirdi Yoxud samarqandlik yigitning kechmishlaridan bir shingil (video)'ning rasmi

Agar taqdir insonlarni birlashtirsa, ularning hayot yo`llari qo`shilishiga hech kim va hech narsa to`sqinlik qilolmaydi. Xatto qamoqxona ham...

Rustam hayotining eng go`zal damlari ham "zona" devorlari ortida boshlandi. Tonggi tekshiruvdan so`ng boshqa mahkumlar ishga ketganida unga otyadga qaytib, marosimga tayyorgarlik ko`rishga ruxsat berildi. Chunki bu kun uning hayotidagi muhim voqea. U 7 yil kutgan sevgilisi bilan qonuniy nikohdan o`tdi. Quvonarlisi, bunga mahkum ekani aslo ta`sir qilmadi.

"5 yarim yil Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani jinoyat o`tash kaloniyasida bo`ldim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Lekin oila bu oila. Biz behosdan jinoyat sodir etganmiz. Jazo muqarrarligi uchun mana, o`tiribmiz",-deydi Rustam.

Ma`lum bo`lishicha, Rustam ko`ngil qo`ygan qizi bilan oila qurishga axdlashib, xorijga ishlashga borib keladi. O`sha kunda mash`um voqea sababchisi bo`lib qoladi.

"16 yil Rossiyada yashab kelganman. Bir kuni pochcham kelib, opamga qo`l ko`tardi. Uning yoninig olaman deb, o`ldirib qo`yganman. Shundan keyin milisiyaga bordim. Etib kelgan joyim shu er bo`ldi",-deydi u.

Samarqanddagi 37 manzil koloniyasida yor-yor sadolari eshitildi. Oshiq mahkum Rustam Lola rasmiy nikohiga oldi.

Xususan, uning rafiqasi Lola qamoqxonada Rustamni ko`rishda katta qiyinchilikka duch kelganini ta`kidlaydi. 

"Bizda nikoh guvohnomasi bo`lmaganligi barcha qiyinchiliklarga sabab bo`lardi. Uning oldiga qamoqxonaga kelganimda ko`risholmasdim. Faqat telefon orqali gaplashardik. Muassasa rahbarlariga rahmat",-deya minnatdorlik bildiradi Lola Rahimova to`yga ruxsat berilganidan quvonib.

Bu kunni kutish kerak bo`lsa, yana kutardim, deydi kelin...

    Boshqa yangiliklar