1

Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqomi berildi

Jamiyat 22.05.2022, 12:27
Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqomi berildi

Butunjahon hunarmandlar kengashi qadimiy Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqomini berdi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA shahar hokimi Jamol Nasirovga tayanib. 

Hokimning qayd etishicha, Buxoroda “Usta-shogird” an`anasi orqali hunarmandlarning oilaviy sulolalari avloddan-avlodga kasb sirlarini etkazib kelmoqda.  Bugungi kunda 800 nafar hunarmand va ularning 5 mingga yaqin shogirdi faoliyat yuritmoqda.

Xususan, ipak gilamdo`zligi, kulolchilik, zardo`zlik va zargarlik, kashtachilik, yog`och o`ymakorligi kabi ko`plab hunarmandchilik turlari ravnaq topmoqda.

Eslatib o`tamiz, kecha Buxoro shahrida birinchi Xalqaro zardo`zlik va zargarlik festivali anjuman ishtirokchilarining bayramona yurishi bilan boshlandi.

25 mayga qadar davom etadigan festivalda respublikamizning barcha viloyatlaridan hunarmandlar ishtirok etmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1