AsosiyJamiyat

Toshkent markazi bilan Sergeli tumanini bog`lovchi yo`lga o`rnatilgan yangi devor kuchli shamolga dosh berolmay quladi (video)

'Toshkent markazi bilan Sergeli tumanini bog`lovchi yo`lga o`rnatilgan yangi devor kuchli shamolga dosh berolmay quladi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent markazi bilan Sergeli tumanini bog`lovchi yangi yo`ldagi ayrim devorlar qulab tushgani aks etgan videolar tarqaldi. Video murojaatchi plitalar piyodalar va velosipedchilar ustiga ham qulab tushishi mumkinligi aytib, «aybdorlar javobgarlikka tortiladimi?» degan savolni o`rtaga tashlagan. 

Sergeli tumani hokimligi ushbu holatga izoh berdi. 

Ta`kidlanishicha, mazkur yo`l o`tgan hudud ochiq bo`lgani bois shamol kuchliroq bo`lganligi kuzatilgan. "O`zgidromet" 21−24 may kunlari kuchli shamollar esishini ma`lum qilgandi, deya eslatiladi bayonotda. 

Hokimlik o`rganishlariga ko`ra, ushbu kamchilik pudratchining devorni mustahkam o`rnatmaganligi bilan bog`liq, shuning uchun pudratchi o`z hisobidan devorni ta`mirlashga kirishgan.

 

    Boshqa yangiliklar