Mamlakatning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi o`rindoshlik asosida Vengriyadagi elchi bo`ldi. Bu haqda "Zamon" nashri yozmoqda.
O`zbekistonning Avstriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abat Fayzullaev o`rindoshlik asosida O`zbekistonning Vengriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlandi.
Yangi elchi 1983 yilda Nukus shahrida tug`ilgan. U 2000-2007 yillar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro munosabatlar fakultetida bakalavriat va magistratura dasturlari bo`yicha tahsil olgan, 2009 yil esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» mutaxassisligi bo`yicha sirtqi bo`limini tugatgan. Tashqi ishlar vazirligi va O`zbekistonning AQShdagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan.