Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan tadbir o`tkazildi.
Unda, Toshkent davlat transport universiteti talabasi I.T. fuqaro A.ning qo`shni Qirg`iziston Respublikasining O`sh milliy universitetidagi o`qishini 4 500 AQSh dollari evaziga Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko`chirib berishni va`da qilib, shundan 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Mirzaobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.B. fuqaro A.ning o`qishini tanishlari orqali “O`zbek-Qirg`iz” universitetidan Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko`chirib berish evaziga firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan 2 000 AQSh dollari hisobidan qaytargan 500 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






