Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg`ilon shahar bo`limi tomonidan tergovga qadar teeshiruv o`tkazildi.
Unda, fuqaro M.A. boshqa bir fuqaro M.ni Farg`ona davlat universitetining “Tasviriy san`at” fakultetiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 1 000 AQSh dollarini qo`lga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida o`z aybiga iqror bo`lib qaytargan 1 000 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






