AsosiyDunyo

Qozog`iston TIV Samarqandda sayyohlarga qarshi elektroshoker qo`llanilgan voqeaga munosabat bildirdi

'Qozog`iston TIV Samarqandda sayyohlarga qarshi elektroshoker qo`llanilgan voqeaga munosabat bildirdi'ning rasmi

Avvalroq Samarqandda IIB xodimlari sayyohlarga elektroshoker ishlatgani haqida xabar bergan edik. 

Qozog`iston tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Aybek Smadiyarov hodisaga munosabat bildirdi. Bu haqda Kazinform xabar bermoqda. 

“Qozog`iston Tashqi ishlar vazirligi vaziyatni tartibga solish uchun xat yubordi. Biz fuqarolarimizning huquqlarini himoya qilamiz”, dedi Aybek Smadiyarov hukumat majlisida. 

"O`zbekiston jamiyatining o`zi huquq-tartibot idoralari xodimlarining xatti-harakatlarini qoralamoqda. Shunga qaramay, biz vaziyatni nazoratda ushlab turamiz”, degan TIV vakili.

    Boshqa yangiliklar