O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 25 may kunduz kuni respublika hududiga Erondan iliq havo massalari kirib kelishi davom etadi. Havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Respublika shimolida shamol 7-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-37° gacha ko`tariladi.
Poytaxtimizda quyoshli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 33-35° gacha isiydi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° bo`ladi.






