AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston maktablarida "So`nggi qo`ng`iroq" chalinadi

'Bugun O`zbekiston maktablarida "So`nggi qo`ng`iroq" chalinadi'ning rasmi

Bugun, 25 may! 2021-2022 o`quv yilining so`nggi kuni va O`zbekistondagi barcha maktablarda "So`nggi qo`ng`iroq" tadbirlari bo`lib o`tmoqda. 

Eslatib o`tamiz, ushbu tadbirni tashkil etish bo`yicha Xalq ta`limi vazirligi tavsiyalar ishlab chiqib barcha maktablarga yuborgan. Tadbirlar maktab hovlisi bog`ida yoki soya salqin ochiq maydonlarida o`tkaziladi. Maktab hududiga begona shaxslarning kiritilmasligi nazoratga olinadi.

Maktablarda mazkur tadbir soat 8:00 dan 8:45 ga qadar, tavsiya etilgan ssenariy asosida tashkil  etiladi. Unda yil davomida a`lo baholarga o`qib, eng yuqori reyting ko`rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanib, rag`batlantiriladi.

Ma`lumort uchun: “So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlari, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini o`tkazishda, ta`lim muassasalarini yangi o`quv yiliga tayyorlash borasida o`quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig`imlari qat`iyan ta`qiqlanadi. 

Bundan tashqari, umumiy o`rta ta`lim muassasalari rahbarlari hamda o`qituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovg`alar taqdim etish, qo`shimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalar va h.q.da banket yoki boshqa marosimlar) o`tkazish va engil avtomashinalarda sayr tashkil etishni oldini olishga alohida e`tibor qaratish so`ralgan.

Joriy yil maktabni bitirayotgan 11-sinf o`quvchilariga davlat rahbari tabrik yo`lladi

    Boshqa yangiliklar