Farg`onada o`qituvchidan gap eshitgan o`quvchi qiz o`zini derazаdan tashladi

Jamiyat 25.05.2022, 09:21
Farg`onada o`qituvchidan gap eshitgan o`quvchi qiz o`zini derazаdan tashladi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda o`qituvchidan gap eshitgan o`quvchi derazadan o`zini tashlagani aks etgan video tarqaldi. 

Holat yuzasidan Farg`ona viloyati xalq ta`limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma``lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`lgan mazkur holat Qo`shtepa tumanidagi 22-maktabda sodir bo`lgan. Viloyat xalq ta`limi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan mazkur xabar o`rganilmoqda.  

Aniqlanishicha, holat joriy yilning 23 may kuni ushbu maktabning birinchi qavatida joylashgan kimyo fani sinfxonasida bo`lgan. Maktabning 8-sinif o`quvchisi A.A.dars paytida kalitni uyiga tashab kelish uchun ruxsat so`ragan.  O`qituvchi dars tugashiga 5 daqiqa qolganini bildirgan.  

Biroq o`quvchi muallima gapiga quloq solmasdan derazadan sakrab, qochib ketgan.

Shundan so`ng o`qituvchi uni qayta sinif xonasiga olib kirib tanbeh bergan, biroq o`quvchi qiz yana derazadan qochib ketgan.  

Shu holat A.A.ning sinifdoshi tomonidan telefonda tasvirga olinib tarqatilgan. O`quvchi A.A. sog`-salomat hech qanday tan jarohati olmagan.

"Mazkur xabar viloyat xalq ta`limi boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olingan. O`rganish davom etmoqda, holat bo`yicha natijalarini tegishli tartibda yana e`lon qilinishini ma`lum qilamiz", - deyiladi viloyat xalq ta`limi boshqarmasi axborot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1