Kaltaklanayotgan o`quvchilar: navbatdagi voqea Qashqadaryoda sodir bo`ldi

Jamiyat 25.05.2022, 11:56
Kaltaklanayotgan o`quvchilar: navbatdagi voqea Qashqadaryoda sodir bo`ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati G`uzor tuman XTBga qarashli 2-maktabda 4-sinf o`quvchisi Q.D. jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi X.S. tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Bu haqda "Nasafnews"ga bolaning onasi shikoyat bilan chiqqan.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB munosabat bildirdi.
Unga ko`ra, hozirda mazkur holat yuzasidan G`uzor tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.Tekishiruv yakuni bilan qo`shimcha axborot beriladi, deyiladi IIB xabarida.

"Yolg`iz bolamizni bu darajada kaltaklangani bizga qattiq ruhiy zarba bo`ldi" ,- deb fikr bildirmoqda bolaning onasi.

Bundan avval Andijonda o`qituvchi o`quvchisini kaltaklagani haqida xabar bergan edik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1