Afg`onistonnning Mozori Sharif shahrida ketma-ket portlash sodir bo`ldi. Bu haqda Aamaj News xabar bermoqda.
“Ikkala portlash ham bir necha daqiqalik interval bilan shaharning asosan shia hazoralari yashaydigan beshinchi tumanida sodir bo`ldi. Manbalarning xabar berishicha, ikkinchi portlash Kartaya Ariana shahrida sodir bo`lgan, hodisa natijasida 10 kishi halok bo`lgan va jarohatlangan”, — deyiladi xabarda.
Shu vaqtning o`zida Qobul shahridagi “Hazrati Zakariya” masjidida ham portlash yuz bergan. U erda ham ikki kishi jarohat olgani aytilmoqda.