AsosiyJamiyat

Byudjet mablag`lari Farg`ona XTB mas`ullari tomonidan talon-taroj qilingani aytilmoqda

'Byudjet mablag`lari Farg`ona XTB mas`ullari tomonidan  talon-taroj qilingani aytilmoqda'ning rasmi

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “OPEN BYUDJETdan ajiratilgan mablag`larni Rishton tuman XTB mas`ullari tomonidan talon-taroj qilish boshlandi” sarlavhali xabar tarqalmoqda. Xo`sh, haqiqatdan ham shunday hodisa yuz berdimi? Tarmoqlarga shov-shuvlarga sabab bo`layotgan holat Farg`ona viloyati IIB tomonidan o`rganildi.

Ma`lum  bo`lishicha joriy yilning 5 may kuni Rishton tumani Halq ta`limi bo`limi mudiri Sh.Madaminov tuman IIB ga ariza bilan murojaat qilgan. Unda shu kuni “RISHTON_TV” telegramm kanali orqali yuqorida keltirilgan nomdagi maqola e`lon qilinganligini, ushbu maqolada tuman Halq ta`limi bo`limi xodimlari obro`sizlantirilganligini, yolg`on xabar tarqatilib, tuhmat qilinganligi ma`lum qilinib, ushbu xabarni tarqatgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko`rish so`ralgan.  

Telegramm kanal adminstratori esa o`zining tushuntirish hatida, ushbu ma`lumotni unga notanish bo`lgan profildan olib tarqatganligini  bildirgan.  

"Hozirda mazkur holat bo`yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar