AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda xitoyliklar vizasiz yashab kelayotgani aniqlandi

'Qashqadaryoda xitoyliklar vizasiz yashab kelayotgani aniqlandi'ning rasmi

Qarshi tumani Fayziobod MFYda joylashgan “LT Texteli International” MChJ shaklidagi xorijiy korxonada ishlab kelayotgan 2 nafar Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari amal qilish muddati tugagan viza asosida O`zbekistonda bo`lish qoidalarini buzib yashab kelayotganligi holati tadbirlar davomida aniqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur holat Qarshi tuman IIB M va FRB mas`ul xodimlari  tomonidan o`rganib chiqilib, tumanda faoliyat ko`rsatib kelayotgan  “LT Texteli International” MChJ shaklidagi xorijiy korxona rahbariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 225-moddasi 4-qismiga ko`ra ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima belgilandi.

Shuningdek,  2 nafar Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolarini har biriga nisbatan esa shu kodeksning 225-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining o`n baravari miqdorida jarima jazosi qo`llandi.

    Boshqa yangiliklar