AsosiyJamiyat

Endilikda yakka tartibdagi xususiy sud ekspertlari faoliyati yo`lga qo`yilishi va davlat sud ekspertizalarining faoliyati baholanishi mumkin

'Endilikda yakka tartibdagi xususiy sud ekspertlari faoliyati yo`lga qo`yilishi va davlat sud ekspertizalarining faoliyati baholanishi mumkin'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan “Sud ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to`g`risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi va jamoatchilik muhokamasiga qo`yildi.

Loyihada quyidagilar tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda:

Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o`tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish to`g`risidagi namunaviy nizom.  

Nizomga:

- davlat sud-ekspertiza muassasasi va nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o`tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish tartibi va baholash mezonlarini belgilash;

- sud eksperti faoliyatini “a`lo”, “yaxshi”, “qoniqarli”, “qoniqarsiz” o`lchovlari asosida baholab borish;

- reyting natijalarida ekspertlarni rag`batlantirib borish va faoliyat ko`rsatib kelayotgan sud ekspertlarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish;

- sud ekspertlik sohasidagi innovasiya texnologiyalarni keng ommalashtirish, sud ekspertiza faoliyatida sog`lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratishga qaratilgan qoidalar kiritilgan.

Shuningdek, yakka tartibda nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi xususiy sud eksperti faoliyatini tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizom.  

Nizomda:

- yakka tartibda nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi xususiy sud-ekspertlik faoliyatini tashkil etish;

- xususiy sud ekspertining huquqiy maqomi, funksiyalari, huquq va majburiyatlarni hamda javobgarligini belgilash;

- xususiy sud eksperti tomonidan o`tkaziladigan ekspertiza turlarini belgilash;

- xususiy sud ekspertlariga qo`yiladigan talablar va boshqa masalalar aks ettirilgan.

Shuningdek, loyiha bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Eslatib o`tamiz, qonun loyihasi bilan https://regulation.gov.uz/oz/d/61649 havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar