1

Rossiyada o`zbekistonlik yigit balandlikdan yiqilib, og`ir jarohat olgan

Jamiyat 26.05.2022, 14:17
Rossiyada o`zbekistonlik yigit balandlikdan yiqilib, og`ir jarohat olgan

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Nevskiy tumanidagi qurilish maydonchasida o`zbekistonlik 25 yoshli yigit ikki metr balandlikdagi zinadan yiqilib tushdi. Bu haqda "78.ru" xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa 24 may kuni soat 13:30 (Moskva vaqti bilan) sodir bo`lgan. Oqibatda o`zbekistonlik ishchi yigit og`ir jarohat olgan. U yopiq bosh miya suyagi va miya kontuziyasi bilan og`ir ahvolda kasalxonaning reanimasiya bo`limiga yotqizilgan. Hozirda voqea sabablari o`rganilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1