1

Nur-Sultondan Toshkentga ketmoqchi bo`lgan yo`lovchining dollarlari "ucha olmadi"

Dunyo 26.05.2022, 15:02
Nur-Sultondan Toshkentga ketmoqchi bo`lgan yo`lovchining dollarlari "ucha olmadi"

Qozog`istonda Toshkentga 21,6 ming dollar bilan uchib ketmoqchi bo`lgan yo`lovchi ushlandi, deb xabar bermoqda Zamon.uz internet nashri.

Xabarga ko`ra, Nur-Sulton-Toshkent reysida parvozni amalga oshirayotgan yo`lovchi o`zi bilan 9 million tengeni olib ketmoqchi bo`lgan vaqtda qo`lga olindi.

Qoidabuzarlikka "Әuejay-Astana" bojxona boshqarmasi xodimlari MXQ Chegara xizmati va Aeroport nazorati xizmati bilan hamkorlikda chek qo`yilgan.

"Fuqaro D qo`l yukini rentgen tekshiruvidan o`tkazgandan so`ng, yo`lovchi yuk bo`limiga chaqirilgan. Tekshiruv davomida uning sumkasidan 21 650 AQSh dollari (9 million tenge) topilgan. Mazkur holat yuzasidan ma`muriy ish qo`zg`atildi", — deyiladi agentlik xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1