Toshkent shahri Yashnobod tumanida KIA mashinasi piyodani urib yubordi. Bu haqda shahar Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, voqea 24 may kuni taxminan soat 21:10larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko`chasi 1-uy qarshisida haydovchi – 1999 y.t, M.N. “KIA” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyidan o`tayotgan fuqaro 1996 yilda tug`ilgan I.A.ni urib yuborgan. Natijada piyoda A.I. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Uning oila a`zolariga hamdardlik bildiramiz.
YTH sabablari o`rganilmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






