AsosiyJamiyat

"Uzbekistan Airways" muhim ogohlantirish bilan chiqdi

'"Uzbekistan Airways" muhim ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

Milliy aviakompaniya ijtimoiy tarmoqlarda o`zining nomidan shubhali telegram guruhlar tarqalayotganini aytmoqda.

Shu munosabat bilan fuqarolardan begona shaxslarning plastik kartalariga pul mablag`larini o`tkazmaslik so`ralmoqda.  

"Firibgarlardan ehtiyot bo`lishingizni va aviachiptalarni faqat aviakompaniyaning www.uzairways.com rasmiy sayti yoki Uzbekistan Airways Sales  filiali orqali xarid qilishingizni so`rab qolamiz",-deyiladi aviakompaniya xabarida.

    Boshqa yangiliklar