Ayni damda O`zbekistonning Samarqand viloyatida do`l yog`moqda. Darakchi.uz'ga etib kelgan xabarlarga ko`ra, mazkur tabiat hodisasi hozircha shu hududdagina sodir bo`lgan.
Xususan, bu bilan bog`liq ma`lumotlar ko`plab telegram kanallarida tarqala boshladi.
Fuqarolar tasvirga olgan videolardan shuni ko`rish mumkinki, do`l hajmi odatdagidan ancha katta. Shu bois, ko`pchilik muz yog`di, deya ta`kidlamoqda.
Eslatib o`tamiz, O`zbekistonga Kavkaz hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilayotgani haqida tongda xabar bergan edik.
Shuningdek, "O`zgidromet" markazi 27-29 may kunlari O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot bergandi.
Unda bunday havo massalari mamlakat hududiga allaqachon kirib kelishi boshlagani aytiladi. Xususan, respublika bo`yicha qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda momaqaldiroq bo`lishi ta`kidlanadi.






