Iyun oyida geomagnit vaziyat mo``tadil va ancha tinch bo`ladi. Mutaxassislar bir nechta kichik va bir marta cho`zilgan magnit bo`ronlarini bashorat qilmoqda. Bashoratlarga ko`ra, bunday bo`ronlar sayyoradagi ko`plab insonlar salomatligi biroz yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
RBKning yozishicha, iyun oyining birinchi o`n kunligi tinch bo`ladi, undan keyin esa magnit tebranishlari kutiladi. Qayd etilishicha, keyingi bo`ron 15 iyun kuni keladi va 17-kungacha davom etadi - u kuchliroq bo`lishi taxmin qilinmoqda. 23 dan 25 iyungacha yana ikkita ko`tarilish bo`lishi mumkin. Shu jumladan, yana kichik magnit tebranish 30 iyun sanasini qamrab oladi.
Iyun oyidagi eng xavfli deya kutilayotgan kunlar: 11, 16, 24.