1

Ertaga Toshkentning 4 ta ko`chasi vaqtincha yopiladi

Jamiyat 28.05.2022, 23:07
Ertaga Toshkentning 4 ta ko`chasi vaqtincha yopiladi

Ertaga, 29 may kuni Toshkent shahrida Ichki ishlar organlari xodimlari o`rtasida marafon tadbiri o`tkaziladi. Shu munosabati bilan soat 07.00 dan 11.00 gacha quyidagi ko`chalarda avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi. 

— Islom Karimov ko`chasi: Islom Karimov va Furqat ko`chalari chorrahasidan Sharof Rashidov ko`chasigacha;
— Islom Karimov chorrahasidan Sharof Rashidov ko`chasi bo`ylab Sharof Rashidov va Afrosiyob ko`chalari chorrahasigacha;
— Sharof Rashidov va Afrosiyob ko`chalari chorrahasidan Afrosiyob ko`chasi bo`ylab Afrosiyob va Beshyog`och ko`chalari chorrahasigacha;
— Afrosiyob va Beshyog`och chorrahasidan Olmazor ko`chasi bo`ylab, Olmazor va Islom Karimov ko`chalari chorrahasigacha.  

“Noqulayliklar uchun uzr so`raymiz va aylanma yo`llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1